16 Noyabr 2021 yil 503

Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining Nurota tumanida navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi

Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat sanaladi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy etilgan. Joylarda o‘tayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda. Zero, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak. Xususan, Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining Nurota tumanidagi navbatdagi sayyor qabulida ham ana shu masala ilgari surildi.

Bu galgi sayyor qabulda 60 nafar fuqaroning murojaatlari tinglandi. Ushbu murojaatlardan 49 tasi joyida hal etildi, 11tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi.

- Xalq orasida sayyor qabulning tashkillashtirilishi biz uchun ayni muddao bo‘ldi. Avvallari rahbar qabuliga soatlab navbat kutardik. Turmush o‘rtog‘im 5 yildan beri ishsiz, uni ish bilan ta’minlashda hamda bir martalik moddiy yordam so‘rab murojaat qildim. Murojaatim qanoatlantirildi. Turmush o‘rtog‘imni shu yerdagi tashkilotlotlardan biriga ishga taklif etishdi. Viloyat IIB boshlig‘idan minnatdormiz,– deydi Saidjon Eshon qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Abdurahimova Mahbuba.

- Bankdan kredit olib oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi edim. Sayyor qabulda maqsadimni aytgan edim , masalam bank mutasaddilari tomonidan hal etildi,– deydi “Jilontamg‘ali” mahallasida istiqomat qilayotgan fuqaro Olim Nodirov.

Bugungi kunda xalq bilan uchrashib, joylarga chiqib ularning dardiga quloq tutish, shu orqali aholining roziligiga erishish har bir rahbarning bosh vazifasiga aylandi. Bu esa xalqning jamiyatda erkin va forovon yashashida muhim ahamiyat kasb etadi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech