23 Noyabr 2021 yil 163

Navoiy viloyati IIB xodimlari o‘rtasida sportning "Ko‘p kurash" turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Ichki ishlar vazirligining 2021 yil 9 noyabr kunidagi "Ichki ishlar organlari tizimida kasbiy tayyorgarlik oyligini o‘tkazish to‘g‘risida"gi 238-sonli Farmoyishi talablariga muvofiq Navoiy viloyati Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda ularning jismoniy tayyorgarlik darajasini va jangovar shayligini oshirish maqsadida Navoiy viloyati Ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari o‘rtasida sportning "Ko‘p kurash turi" bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Musobaqada 9 ta jamoa ishtirok etib, 3-o‘rinni Huquqbuzarliklar profilaktikasi jamoasi, 2-o‘rinni Jinoyat qidiruv jamovsi va faxrli birinchi o‘rinni Jamoat tartibini saqlash jamoasi qo‘lga kiritdi. Musobaqa yakunida xodimlar diplom va kubog bilan taqdirlandilar.

 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech