24 Noyabr 2021 yil 632

Navoiyda IIB xodimlari o‘rtasida sportning “Shaxmat” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Navoiy viloyati Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda ularning jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish maqsadida Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasining hududiy bo‘limlari va tarkibiy tuzilmalari xodimlari o‘rtasida sportning "SHAXMAT" turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. O‘tkazilgan musobaqada 18 ta ishtirokchi ishtirok etib,
3-o‘rinni Zarafshon shahar IIB HPB inspektor-psixologi leytenant Ixtiyor Toshpo‘latov, 2-o‘rinni Boshqarma Transportda XTB PPX safdor-xodimi safdor Aziz Azimov va faxrli birinchi o‘rinni Navoiy shahar IIB JQB tezkor vakili leytenant Yodgor Turobov qo‘lga kiritdi. Musobaqa yakunida xodimlar Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining diplomi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech