28 Aprel 2023 yil 3015

Navoiyda IIV akademik liseyi o‘quvchilari "Yosh qutqaruvchi" harbiy sport musobaqasida g‘olib bo‘lishdi

Favqulotda  vaziyatlar vazirligi Navoiy viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan “Yosh qutqaruvchi” harbiy sport musobaqasining Navoiy viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada viloyatning tuman-shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 15 ta umumta’lim maktablari hamda 7 ta o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari ishtirok etishdi. Unda hakamlik qilgan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining mutaxassis hodimlari 5 ta shart bo‘yicha baholadilar. Qaltis va o‘ziga yarasha qiyinchiliklar bilan o‘tgan musobaqada O‘zbekiston Respublikasi IIV Navoiy akademik liseyi o‘quvchilarining “Avangard” jamoasi birinchilikni qo‘lga kiritdi. Gʻolib jamoalar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech