26 Noyabr 2021 yil 666

Navoiyda Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Sh.Gʻiyosov ishtirokida anjuman bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining Axborot masalalari bo‘yicha maslahatchisi, matbuot kotibi polkovnik Shohrux Gʻiyosov boshchiligida navoiylik jurnalist-muxbirlar, blogerlar, ijtimoiy tarmoq faollari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda bugungi kunning dolzarb masalalari hamda axborotlarning ochiq, shaffof va xolisligi to‘g‘risida so‘z bordi. Ichki ishlar organlari faoliyati va jamiyatimizdagi jinoyat va huquqbuzarliklarning inson omili bilan chambarchas bog‘liq ekanligi, fuqaro sha’ni, qadr-qimmati birinchi o‘rinda turishi ta’kidlandi.
Shundan so‘ng ishchi guruh yig‘ilganlarni qiziqtirgan savollariga javob berishdi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech