27 Noyabr 2021 yil 618

Navoiyning barcha shahar va tumanlarida "Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun" aksiyasi jadal sur’atlarda davom etmoqda

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida joylashgan 39-son IMIda voyaga yetmagan o‘quvchi qizlar ishtirokida 25 noyabr – Xalqaro xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni munosabati bilan "Zo‘ravonliksiz 16 kun" shiori ostida targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi. Unda ushbu sana ahamiyati, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik turlari va ularni oldini olish bo‘yicha tushuntirish olib borildi. Qolaversa, blis-so‘rovnoma orqali ularning bu boradagi bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
Navoiy shahar hududida jinoyatlarni barvaqt oldini olish hamda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish maqsadida davra suhbatlari tashkil etilib, kelishmovchiligi bor oilalar muhokama qilinib, jabrlangan ayollarga himoya orderlari rasmiylashtirildi, shuningdek, qator targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Viloyatning olis Tomdi tumanida ham ta’lim muassasalalarida, maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalarida va savdo do‘konlarida "Biz zo‘ravonlikka qarshimiz" shiori ostida chellenjlar o‘tkazildi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech