7 Dekabr 2021 yil 604

Navoiyda “Kasbiy tayyorgarlik” oyligida Ichki ishlar xodimlari o’rtasida “Zakovat” intellektual o’yini tashkil etildi

Bugun har bir ichki ishlar xodimi nafaqat jismonan yetuk va sog’lom bo’lishi balki yuksak ilmiy salohiyatga ham ega bo’lishi talab etiladi. Ayniqsa bu borada so’ngi yillarda tizimda qator islohotlar olib borilmoqdaki, pirovardida xodimlarning bilim-ko’nikmasini oshirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda topqirlik, hozirjavoblik singari sifatlarni shakllantirish maqsad qilingan. Ayni kunlarda respublikamiz bo’ylab Kasbiy tayyorgarlik oyi davom etmoqda. Navoiy vioyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan mazkur oylik davomida xodimlar o’rtasida “Zakovat” intellektual o’yini tashkil etildi. Unda viloyat IIB ning “Posbonlar” va “To’marislar”, 7532-Harbiy qismning “Burgutlar” jamoasi, 7259 Harbiy qismning “Lochinlar” , Jazoni ijro etish departamenti 5-Mintaqaviy hudud, Mintaqaviy muvofiqlashtirish markazining “Adolat” jamoasi hamda IIV Navoiy akademik litseyining “Temurbeklar ”jamoalari o’zaro bellashdilar. Musobaqa finalchilari qura tashlash yo’li orqali juftlik bahslarida sinovdan o’tkazildi. Har bir juftlik bahslarida 10 tadan turli mavzudagi savollar yo’llandi. Topqirlik hamda hozirjavoblik bilan ishtirokchilar javob berishdi. Hakamalar hay’ati tomonidan har bir jarayon diqqat bilan kuzatib borildi. Qiziqarli o’tgan bahslarda final bosqichiga “Posbonlar”, “To’maris” hamda “Burgutlar” jamoalari yetib kelishdi. Mantiqiy savollarga boy o’tgan intelektual bahslarda faxrli 3-o’rinni 7532 Harbiy qismning “Burgutlar ” jamoasi, 2-o’rinni xotin qizlardan iborat “To’marislar” jamoasi hamda mutloq g’oliblikni Ichki ishlar boshqarmasining “Posbonlar” jamoasi qo’lga kiritdi. G’oliblarga Boshqarmaning diplom hamda esdalik sovg’alari topshirildi. Muxtasar aytganda bu kabi ma’rifiy tadbirlar ichki ishlar xodimlarini har tomonlama professional kadrlar bo’lib yetishishida hamda intellektual salohiyatini o’stirishda muhim vosita bo’lib xizmat qiladi.

 


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech