2 May 2023 yil 3114

Navoiyda ma’naviyat oyligi doirasida uch avlod uchrashuvi tashkil etildi

Hayotning pastu baland yo‘llarini bosib o‘tgan nuroniylarimiz, faxriy ustozlarimiz tajribasi, purma’no o‘gitlari yoshlar uchun ibrat maktabidir. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yosh avlodni tarbiyalashda “ustoz-shogird” an’nasiga amal qilish, ustozlarni ulug‘lash, ularni orttirgan tajribalaridan unumli foydalanish masalasiga alohida e’tibor qaratilayotgani ham bejiz emas. Ushbu ishlarning amaliy ifodasi sifatida Ichki ishlar organlari tizimida davom etayotgan “Ma’naviyat oyligi” doirasida uch avlod uchrashuvi tashkil etildi. Tadbirda sohada yangidan ish faoliyatini boshlagan hamda malkali xodimlar, shuningdek, sohada uzoq yillar davomida xizmat faoliyatini olib borgan va tizimda ulkan muvaffaqiyatlarga erishgan faxriy ustozlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqan ustoz faxriylar o‘zlarining hayot yo‘li hamda ulkan muvoffaqiyatlarga erishishdagi jarayonlar haqida gapirdi. Shuningdek, yoshlarni yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega, jismonan va ma’nan yetuk, bilimli, halol, vatanparvar, mard va jasur etib tarbiyalash borasidagi tavsiyalarini berishdi.

 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech