30 Noyabr 2021 yil 571

Navoiyda voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Farzand taqdiri uchun barcha birdek mas’ul va javobgar. Shunday ekan, ularni jinoyatchilikdan asrash nechog‘lik muhim. Voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar ta’lim muassasalarini, profilaktika inspektorlari xizmat hududini hamda MFY raislari oilalarni o‘rganishi shu bilan birga profilaktik tadbirlarni amalga oshirishi yaxshi samara berayotgani sir emas. Bu borada Navoiy viloyatida ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Navoiy shahridagi ta’lim muassasalarida o‘quvchilar hamda ota-onalar ishtirokida tadbir tashkil etildi. Tadbirni Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari U.H.Adizov kirish so‘zi bilan ochib, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklarning tahlili, eng asosiysi, ular o‘rtasida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish har qachongidanda muhim va dolzarb masala ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, farzand tarbiyasiga qat’iy e’tibor qaratish, yurt tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashishda maktab, mahalla va oila o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatish lozimligi xaqida gapirildi.
Mazkur tadbirlar davomida hozirgi kunda voyaga yetmaganlar tomonida sodir etilgan huquqbuzarliklar, internet ijtimoiy tarmoqlarida ommabop tusini olgan bema’ni hatti-xarakatlarning keltirib chiqargan holati aks etgan videorolik yig‘ilganlarga taqdim etildi. Ishtirokchilarga yoshlarni qarovsiz, nazoratsiz qolib ketishi oqibatida tarbiyasida o‘zgarish sodir bo‘layotganligi, ayrim yoshlarni spirtli ichimlik va tamaki mahsulotlariga ruju qo‘yishi, buni oqibatida turli jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishi hamda har bir qonunbuzarlik uchun jazo muqarrarligi ta’kidlandi.
Mazkur tadbir viloyat yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda ona vatanga sadoqat, hurmat hissini shakllantirishda o‘zining samarasini berishi shubhasiz.

 


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech