16 Март 2023 йил 211

NAVOIYDA ISTE’MOLGA YAROQSIZ GO‘SHT MAHSULOTLARI YO‘Q QILINDI

Karmana tumanining Samarqand viloyati bilan chegarasida joylashgan postda joriy yilning 14-martdan 15-martga o‘tar kechasi soat 00:30 da Buxoro-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan davlat raqami 80 T849DA bo‘lgan “Gazel” rusumli yuk avtomashinasi YPH xodimlari bilan hamkorlikda to‘xtatilib, tekshirildi.
Jarayonda avtomashina yukxonasida antisanitariya holatida, insonlar sog‘ligi uchun xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, 30 ta qopga joylangan kelib chiqishi noma’lum go‘sht mahsuloti mavjudligi aniqlangan.
Ushbu mahsulotlarning iste’molga yaroqliligini aniqlash maqsadida Navoiy viloyati hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazida ekspertizadan o‘tkazilganda, barcha mahsulotlar iste’molga yaroqsizligi aniqlanib, qonunchilikda belgilangan tartibda texnik utilizasiya qilindi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech